Yangi tahrirdagi Qonun 9 ta bob va 49 ta moddadan iborat.
Qonunni ishlab chiqishda mas’ul idoralardan ko‘plab ekspert va mutaxassislar ishtirok etgan.
Qonunni ishlab chiqishda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining jami 38 ta tavsiyasi inobatga olindi (shu jumladan Jahon bankining 26 ta, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 11 ta va Osiyo taraqqiyot bankining 1 ta tavsiyalari).
Usbu Qonun bilan amalda bo‘lgan “Raqobat to‘g‘risida”gi (2012-yil) va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi (1999-yil) qonunlar birlashtirildi.