O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan 21.06.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovichni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladi.
To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovich 1972-yil 21-yanvarda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, «Do’stlik» ordeni sohibi.
1992-2008 yillar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda, xususan, Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi (2014-2017);
2008-2017 yillar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonida turli lavozimlarda, xususan, davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari;
2017-2020 yillar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori;
2020-2021 yillar O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori kabi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Ushbu tayinlovga qadar 2021-yildan – hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi Halilillo Sobirjonovichga yangi mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati