O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan Qozog‘iston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi o‘rtasida raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish qo‘mitasi o‘rtasida tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasidagi o‘zaro anglashuv hamda hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
Qayd etilgan hujjatlar doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan:
raqobatni himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzilishlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish sohasida tajriba almashish;
-raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga ta’sir choralarini qo‘llash tezkorligini oshirish maqsadida, Ishtirokchilar faoliyatida innovasion ishlanmalar va axborot texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashish;
-tegishli (relevant) bozorlarda tadqiqotlar o‘tkazishda o‘zaro hamkorlik qilish;
-monopoliyaga qarshi kurashish qonunchiligi va raqobat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikning ko‘p tomonlama masalalari yuzasidan fikr almashish;
-tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish sohasida tajriba almashish;
-tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullari, tariflarni belgilash, tariflarni qo‘llanilishini nazorat qilish, hamda tabiiy monopoliya subyektlarining ro‘yxatini shakllantirish va yuritish bo‘yicha tajriba almashish;
-tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxfiy bo‘lmagan axborotni taqdim etish va tajriba almashish;
-tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va tegishli sohadagi ko‘p tomonlama xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish.