O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-108-son Farmoniga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining bir qator funksiyalari autsorsing xizmati orqali bajariladi.
Shunga binoan, Qo‘mita tomonidan:
– tovar, moliya bozorlarini tahlil qilish;
– tegishli bozor ishtirokchilarining ustun mavqeni aniqlash;
– bozor konsentratsiya darajasini tahlil qilish bo‘yicha seminar-treningi tashkil qilinmoqda.
Autsorsing xizmatlarini bajarish istagidagidagi xususiy korxonalar vakillarini va boshqa qiziquvchilarni seminar-treningda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Sana: 28-iyul, soat 11:00 da
Manzil: Toshkent sh., Shayxontoxur t., Labzak 3 (Qo‘mita binosi)
Eslatma: Seminar-treningda ishtirok etish uchun @Jamoatchilik_bilan_aloqalar Telegram-manziliga murojaat eting.
Ro’yxatga olish 27-iyulgacha davom etadi.