O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahar va Qo‘shtepa, Toshloq tumanlarida o‘rganishlar olib bormoqda.
Shuningdek, viloyatning qator tumanlarida Qarorda belgilangan topshiriqlarni bajarish yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda seminarlar tashkil etildi.
Hududda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan muammolar joyiga chiqqan holatda o’rganilmoqda. O‘tkazilayotgan o‘rganishlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan murojaatlar eshitilib, ularga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, yangi tartibdagi kredit ajratish tizimi va ularning qulayliklari tadbirkorlarga tushuntirilmoqda.
Ushbu o‘rganishlar davomida kelib tushgan murojaatlar ishchi guruh tomonidan nazoratga olinib, tegishli tarzda hal etilishi yuzasidan choralar ko‘riladi.