“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26 dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasini ta’kidladi.
So‘nggi yillardagi o‘zgarish va natijalarni hisobga olib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Shunga ko‘ra, Strategiya loyihasi bugun uzbekistan2030.uz (https://uzbekistan2030.uz/uz-Cyrl/muhokama) va regulation.gov.uz (https://regulation.adliya.uz/project/8712/22983?contentLang=oz) platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Marhamat, muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.
Strategiya loyihasi bo‘yicha savol va takliflaringizni
📞 (71) 239-49-38,
📞 (71) 239-49-44 raqamli koll-markaziga
✉️ info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborish mumkin.
To‘liq matn: asdr.gov.uz (https://asdr.gov.uz/ozbekiston-2030-strategiyasi-yangi-tahrirda-tayyorlandi/)








