🎉 Onlayn olimpiada natijalari
🔔15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazildi.
👥 Mazkur tanlovning yakuniy (onlayn savol-javob) bosqichida 16 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tanlovda muvaffaqiyatli natijalarga erishgan 4 nafar g‘oliblarga “Diplom” va esdalik sovg‘alar, qolgan 12 nafar talabalarga faol ishtiroki uchun “Faxriy yorliq” taqdim etiladi.
🗓 G‘oliblarga sovrinlar 2026-yil 12-mart kuni Toshkent shahrida tantanali ravishda topshiriladi.
✨ Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz!
🖥 Tanlov natijalari bilan batafsil tanishish (https://raqobat.gov.uz/wp-content/uploads/2026/03/sajtga_onlayn_olimpiada_natijalari_16_nafar_rojhat.pdf)







