Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 516-F-sonli farmoyishiga ko‘ra, Mustaqilligimizning 34-yilligi munosabati bilan 22-23-avgust kunlari «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xashari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari xodimlari hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.