Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining “Ishonch telefoni”ga Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro U.Yangiboyev “EUROAZIA MOTORS” MChJdan yangi sotib olgan avtomоbil sifatidan noroziligini bildirib, joriy yilning 28-avgust kuni murojaat qilgan.
Qo‘mitaning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu murojaat asosida “EUROAZIA MOTORS” MChJga tegishli so‘rov xatlari yuborilib, murojaatchi bilan hamkorlikda o‘rganish olib borilganda, avtomobil nosoz ekanligi o‘z isbotini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari belgilangan. Ushbu moddaga asosan va hududiy boshqarma tomonidan murojaat ijobiy hal etilishida amaliy yordam koʻrsatilganligi natijasida qiymati 185,0 mln so‘mlik ONIX rusumli yengil avtomobil yangisiga almashtirib berildi.