Noqonuniy o‘rnatilgan reklama vositalari egalariga tegishli choralar ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida qonunbuzilish holatlarini aniqlab, ularga ta’sir choralari ko‘rib bormoqda.
Hududlar kesimida misollar:
Sirdaryo viloyati Hududiy boshqarma tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalarini) joylashtirilishi bo‘yicha olib borilgan monitoringlarda “Drink tasty” MCHJ o‘zboshimchalik bilan katta o‘lchamdagi tashqi reklama vositaci o‘rnatgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan boshqarma tomonidan tadbirkorlik subyektiga ogohlantirishlar berilgan. Biroq MCHJ tomonidan tashqi reklama vositasi reklama qonunchiligiga muvofiqlashtirilmagan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib Maxsus komissiyaning “Drink tasty” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmasi berildi. Toshkent shahar Hududiy boshqarma tomonidan Toshkent shahridagi tashqi reklama obyektlarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida “Mega Oil Biznes” MCHJga tegishli tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 23-26-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalari) qurish tartibi to‘g‘risidagi Nizomida belgilangan talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “Mega Oil Biznes” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llanildi va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.








