Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat xaridlari davomida sotib olingan namunalar tahlildan o‘tkazilishi uchun Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasi hamda Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida Davlat nazorati Departamenti laboratoriyalariga yuborilmoqda. Sinov natijalari qanday?
Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
Jizzax viloyati
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat xaridi tadbiri uchun Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori” AJ savdo rastalaridan 22 ta mahsulot turlaridan namunalar sotib olindi. Xaridlar jarayonida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotilayotgan osh tuzining yaroqlilik muddati, ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan. Mazkur osh tuzi tarkibidagi yod miqdorini o‘rganish maqsadida “UZ TEST” markaziga yuborildi. Shuningdek, kolbasa, gazli “Mors” va bolalar yaxna ichimliklari, “Musaffo” yogurt mahsulotlari sifati va tarkibi Davlat standarti talablariga mos kelishligi (kelmasligi) yuzasidan ekspertiza (test) xulosalarini olish uchun laboratoriyaga topshirildi. Bundan tashqari, 2 turdagi mayonez mahsulotlarining ham iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlandi. Ushbu sotilayotgan sifatsiz mahsulotlar qonunchilikda belgilangan tartibda savdodan olib tashlanishi ta’minlandi. “VANG‘OZI AGRO EKSPORT” MCHJ va “JO‘RA MARDON GARAND” MCHJlar ishlab chiqargan paxta yog‘ mahsulotlarining rangi standart talablariga javob bermadi.
Navoiy viloyati
Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan aholi uchun sifatli va xavfsiz bo‘lgan mahsulotlarni aniqlash va ularni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazish maqsadida 22 marotaba, o‘ndan ortiq mahsulotlar jumladan, osh tuzi, un, o‘simlik va paxta yog‘i, sut va sut mahsulotlari, xo‘jalik sovuni, ko‘mir, sement, benzin, payalnik mahsuloti va 2*4.0 turdagi alyumin o‘tkazgich (kabel)lar tegishli tartibda xarid qilinib, laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi. “O‘zbekiston ilmiy va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining sinov natijalariga ko‘ra, “VANG‘OZI AGRO EKSPORT” MCHJ va “JO‘RA MARDON GARAND” MCHJlar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta yog‘ mahsulotlarining rangi standart talablariga javob bermasligi aniqlangan. Hududiy boshqarma ushbu mahsulotni iste’molga yaroqliligi yoki yaroqsizligi bo‘yicha belgilangan tartibda xulosa olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyat boshqarmasiga so‘rov xati yuborildi. 12 nomdagi mahsulotlar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlandi.
Toshkent shahar
Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil yanvar-iyul oylarida nazorat xaridi uchun savdo shoxobchalaridan 84 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar xarid qilindi va akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarga sinovdan o‘tkazish uchun taqdim etildi. Sinov natijalarida 12 nomdagi mahsulotlarni amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga chek qo‘yish yuzasidan hududiy boshqarma tegishli choralarni ko‘rmoqda.