Mazkur uchrashuvda Qo‘mita raisi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va qonun osti hujjatlari talablariga amal qilinishi, qonun bilan belgilangan asosiy normalar xususida fikrlar bildirdi.
Uchrashuv davomida, tadbirkorlik subyektlarining tashqi reklama faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar led monitorlar uchun tashqi reklama vositalariga elektr energiyasi uchun oshirilgan to‘lov stavkasida to‘layotganligi va yo‘llarga o‘rnatilgan reklama vositalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan tabiiy gaz bo‘yicha BSKlarga ajratiladigan limitlarni toifalash, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xonadonlarga o‘rnatilgan elektr ta’minotini hisobga olish uskunasigacha bo‘lgan kabellar ta’minotchi korxona tomonidan o‘rnatilishi masalasida takliflar berildi.
Muloqot davomida ishtirokchilarning birja savdolari, kommunal soha, narxlarni tartibga solish va reklama sohalarida bildirgan taklif, muammo va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Qo‘mita rahbariyati tomonidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarni joyida hal etish yuzasidan tegishliligi bo‘yicha ijrochilar belgilab olindi.