Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro M.N Namangan shahridagi “TERMA BOCHKA SAVDO SERVIS” xususiy korxonasi xizmatidan noroziligini bildirib murojaat qoldirgan.
Iste’molchi Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “TERMA BOCHKA SAVDO SERVIS” XKdan 31 500 000 so‘mga isitish qozoni xarid qiligani, ammo umuman ishlamayotganligi sababli sotuvchiga bir necha marta murojaat qilgan bo‘lsada bir yildan buyon murojaat hal etilmaganligidan norozi bo‘lib, to‘lagan pulni qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga ko‘ra, iste’molchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi huquqiga ega ekanligi belgilab berilgan.
Hududiy boshqarma o‘rganish davomida iste’molchi “TERMA BOCHKA SAVDO SERVIS” XKdan 31 500 000 so‘mga isitish qozonini sotib olganligi, ushbu mahsulot tamir talab ekanligi, do‘kon mamuriyati bir yildan beri nosozlikni bartaraf etmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan “TERMA BOCHKA SAVDO SERVIS” XK “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga zid ravishda ish tutgan deb topilib, korxona ma’muriyatiga mavjud tartib-qoidalari va uning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, “TERMA BOCHKA SAVDO SERVIS” XKdan iste’molchi foydasiga 31 500 000 so‘m miqdorida to‘lagan to‘lov mablag‘lari to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga ko‘ra hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni ta’mirlash, narxini tushirish, almashtirish uchun eltish va iste’molchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish iste’molchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin Bunda iste’molchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan bog‘liq xarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.