Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.V.ning “HUDUDGAZ SIRDARYO” gaz taminoti filiali tomonidan fuqaroga nisbatan 21 949 900 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
Mazkur murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqaroning haqiqatdan ham mavjud qarzdorligi 15 501 323 so‘m ekanligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, “HUDUDGAZ SIRDARYO” O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga zid ravishda ish tutgan deb topilib, “HUDUDGAZ SIRDARYO” gaz taminoti filiali mamuriyatiga mavjud tartib-qoidalari va uning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, iste’molchi foydasiga nisbatan ortiqcha hisoblangan 6 448 577 so‘m miqdoridagi noreal qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.