O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatda, iste’molchi 2023-yil oktabr oyida ikkilamchi bozordan kredit asosida avtomobil olish maqsadida “AVTOSEL KONSULT GRANT” MChJga murojaat qilgan.
Shundan keyin, Navoiy shahardagi “Kapitalbank” tomonidan murojaatchiga 65 000 000 million so‘m kredit ajratilib “AVTOSEL KONSULT GRANT” MChJ hisob raqamiga ko‘chirilgan. Biroq “AVTOSEL KONSULT GRANT” MChJ tomonidan fuqaroga ajratilgan kredit mablag‘larini sotuvchining plastik kartasiga ko‘chirilmaganligi sababli murojaatchining nomiga avtotransport vositasi rasmiylashtirilib topshirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasiga asosan, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.
Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida murojaatchining nomiga mashina rasmiylashtirilib mashina egasiga 65 000 000 million so‘m to‘lab berilishi ta’minlandi.