Hurmatli tadbirkorlar!
Kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar kiritish toʻgʻrisida mutasaddi idoralar tomonidan axborot berilgan.
Ammo bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab boʻla olmaydi.
Oʻz navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazi narxlarini sunʼiy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora koʻrilishi maʼlum qilinadi.
Bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar berilgan va ular tomonidan nazorat ishlari olib borilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.