Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan hamkorlikda yo’lga qo’yilgan “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida “Tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro seminar-trening yakunlandi.
Kecha 12-oktabr Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT) xalqaro ekspertlari va Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi Qo’mita mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Savol-javob va do’stona ruhda bo’lib o’tgan uchrashuvda tomonlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javoblar oldilar hamda ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash bo’yicha fikr almashishdi. Suhbat yakunida tomonlar kelajakdagi hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha rejalari haqida ham kelishib oldilar.