Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2021 yil 2 martdagi 114-son qaroriga muvofiq monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etilgan davlat boshqaruvi organlari va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini samarali joriy qilish boʼyicha seminarlar va amaliy treninglar oʼtkazib kelinmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etilgan “Navoiy KMK” АJ, “Navoiyazot” АJ, “Qizilqumtsement”АJ va boshqa korxonalarning tizim faoliyati uchun masʼul boʼlgan xodimlariga raqobat toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning sohaga oid bilimlarini oshirish maqsadida oʼquv-seminari tashkil etildi. Oʼquv-seminarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi haqida tushuncha, asosiy vazifalari va maqsadi hamda raqobatga zid xatti-harakatlar amalga oshirilishining oldini olish boʼyicha amalga oshirilishi lozim boʼlgan amaliy ishlar taqdimotlar asosida tushuntirib berildi.