Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning majlislar zalida o‘quv-seminari tashkil etildi.
“Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tashkilotning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning sohaga oid bilimlarini oshirishdan iborat.
Seminarda asosiy e’tibor xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishning ahamiyati, davlat xaridlarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda tovar-xom ashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga qaratildi.
Tadbir qizg‘in bahs-munozara va savol-javoblarga boy o‘tdi.