Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi rahbar va xodimlari uchun “Monopoliyaga qarshi komplayens” mavzusida ikki kunlik amaliy o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv dasturi davomida ishtirokchilar iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish, monopoliyaga qarshi qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llash va sohaga oid amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Darslar tegishli sohada ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar — Qo‘mita rahbariyati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi
Raqobat siyosatini amaliyotga joriy etish, sohaviy bilimlarni yangilash va malaka oshirishga qaratilgan bunday kurslar Markaz tomonidan tizimli ravishda tashkil etilmoqda.