Joriy yilning 24-26-sentyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kurslarda respublikadagi yirik korxonalar «O‘zbektelekom» AK, «Uzbekistan helicopters» MCHJ, «Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ, «Unicon.uz-fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi» MCHJ, “Qo‘qon biokimyo” AJ, «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi» MCHJ, «O‘zshaharsozlik LITI» DUK, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK, «Andijon mexanika zavodi» SHK, «UzAuto Motors» AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, “Bektemir-spirt eksperimental zavodi” AJ, «Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi» DUKlarning monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
O‘quv kurslari doirasida ishtirokchilarga:
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va uning maqsadi; ustun mavqe, monopoliya va tabiiy monopoliya asosiy talablari; monopoliyaga qarshi komplayens asosiy talablari; insofsiz raqobat turlari va belgilari; kartel kelishuvlari va ularning turlari; raqamli platformalarning bozor hukmronligi va ularga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar; birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi va talablari mavzularida malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
O‘quv seminar yakunida tinglovchilarga kurs bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.