Joriy yilning 7-9-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan
“Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida navbatdagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv kurslari doirasida, monopoliyaga qarshi komplaens va Davlat xaridlari bo‘yicha mas’ul xodimlariga monopoliyaga qarshi tartibga solish, narx va tariflarni nazorat qilish, shuningdek, insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish, moliyaviy jarimalarni qo‘llash holatlari va tartibi hamda ularni oldini olish kabi yangi qoidalar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, raqamli platforma operatorining ustun mavqei va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartiblari yuzasidan kurs tinglovchilarining 100 dan ortiq berilgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarning monopoliyaga qarshi komplayens sohasini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari birgalikda muhokama qilindi.
O‘quv seminar so‘ngida tinglovchilarga kurs bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.
Kanalga ulanish https://t.me/RaqobatGovUz