O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’rtasida 2021 yilda hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu Memorandumning maqsadi raqobat siyosati sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish va buning natijasida davlatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun amaliy yechimlar, davlat boshqaruvi uchun institutsional innovatsiyalar ishlab chiqish tizimini yaratish, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi tartibga solish yo’nalishida kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish uchun zarur bo’lgan strategiyalarni hamkorlikda ishlab chiqish, Tomonlarning kadrlar salohiyati va tajribasidan unumli foydalanish hamda bu bo’yicha ta’lim dasturlarini, maqsadli amaliyot va stajirovka rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir.
2022 yil 6 yanvar kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida Qo’mita hamda «O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning muammolari va ilmiy asoslari» Ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligidagi Markaz tomonidan ishlab chiqarilgan analitik ishlanma doirasida » O’zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorlarida raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi tartibga solishni shakllantirishning uslubiy jihatlari» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatini Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi » qo’mitasi 1- o’rinbosari B.X.Karimov va“O’zbekiston Iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi direktori, i.f.d., professor M.B.Kalonov ochib berishdi. Davra suhbatida Qo’mita mutaxassislari, Markaz ilmiy hodimlari va doktorantlari, hamda Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi bo’lim boshliqlari, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universitetining Toshkent filialining professor o’qituvchilari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi. “O’zbekiston Iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi tayanch doktaranti O’g’iloy Abdulazizova va i.f.d., professor Anvar Usmanov Moliya bozoridagi raqobat holati va monopoliyaga qarshi tartibga solishni shakllantirishning uslubiy jihatlari yuzasidan ma’ruza qilishdi. Davra suhbati qizg‘in munozaralar va muhokamalarga boy bo‘ldi, va uning natijasida ilmiy hulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.