O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahri Yoshlar markazlarida 15 mart –Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan talaba yoshlar uchun “Moliyaviy sektordan qiziqarli ma’lumotlar: mijozlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzuida o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.
Moliyaviy savodxonlikka qaratilgan mazkur tadbir Raqobat qo‘mitasi va German Sparkassenstiftung tashkiloti va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
O‘quv seminarlarida German Sparkassenstiftung for International Cooperation O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mathias Wangler Germaniyada Sparkassenstiftung bankining 50 mln dan ortik mijozga ega ekanligi, ularda 300 mingdan ortiq xodim xizmat ko‘rsatishi, bankda ko‘rsatiladigan xizmatlar va ularning turlari, muammolar yuzaga kelgan taqdirda iste’molchilar qanday yo‘l tutishlari kerakligi haqida to‘liq ma’lumotlarni berib o‘tdi.
Jumladan, Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan 2023 yilda moliyaviy sohada 900 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlar bank xizmatlari, shartnoma masalalari, kredit, bank plastik kartalari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zining ijobiy еchimini topgan. Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi muntazam ravishda aholining, xususan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ko‘plab o‘quv seminarlari, ko‘rik-tanlovlar tashkil etib kelmoqda. Joriy yilda “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi o‘tkazildi.
O‘quv seminarlar davomida banklar va ularda ko‘rsatilayotgan xizmatlarda iste’molchi huquqlari, sug‘urta, kredit, omonat, shaxsiy moliyani rejalashtirish, shakllantirish va boshqarish, plastik karta turlari hamda kiberxavfsizlik kabi dolzarb masalalar haqida talaba yoshlarga ma’lumotlar berildi.
O‘tkazilgan тadbirlarda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan tegishli javoblarni olishdi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bunday tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.
[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]