Xabaringiz bor, “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlovning I-bosqich test natijalarida quyidagi nomzodlar keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.
Tanlovning keyingi II-bosqich (onlayn savol-javob) jarayonlari 2024-yil 12-mart kuni ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tadi*.
*ZOOMga ulanish uchun havola (konferensiya identifikatori va kirish kodi) hamda ulanish vaqti to‘g‘risida ishtirokchilarga individual tarzda yetkaziladi.