“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” III-onlayn olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur tanlovning yakuniy (onlayn savol-javob) bosqichi 2024-yil 12-mart kuni 16 nafar ishtirokchi o‘rtasida ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda qatnashishga muvaffaq bo‘lgan talabalar quyidagi natijalarga erishdilar.
Tanlovda muvaffaqiyatli natijalarga erishgan 4 nafar g‘olibga “DIPLOM” va qimmatbaho sovg‘alar, qolgan 12 nafar talabaga faol ishtiroki uchun “Faxriy yorliq” taqdirlanadi.
G‘oliblarga sovrinlar 2024-yil “15-mart Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” tadbir doirasida tantanali ravishda topshiriladi.
Tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.