Mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun narxlarni oshirilishi yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganishlar boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘mita tomonidan mobil aloqa operatorlarini narxlarni oshirilishi asosliligini o‘rganish maqsadida joriy yil noyabr oyining boshida tegishli tartibda so‘rovlar yuborilgan.
Bugungi kunga qadar, xizmat sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish yuzasidan aloqa operatorlari tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning narxlarga ta’siri to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rganish natijalarida operatorlar tomonidan raqobatga zid harakatlar, xususan muvofiqlashtirilgan harakatlarning alomatlari aniqlangan taqdirda o‘rnatilgan tartibda tekshirish o‘tkaziladi va ushbu holatlar tasdiqlanganda amaldagi qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘rilishi ma’lum qilinadi.








