Ahillik, oʻzaro birdamlik va maʼnaviy poklik fazilatlari ulugʻlanadigan qutlugʻ Ramazon oyini el-yurtimiz doimo katta xursandchilik va koʻtarinki kayfiyatda kutib oladi. Ushbu muborak kunlarda inson qadrini ulugʻlashga, oila hamda mahallaga mehr va eʼtiborda boʻlish, ijtimoiy koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga yordam va saxovat koʻrsatishga qaratilgan ishlar koʻplab amalga oshiriladi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sharaxmetov Chilonzor tumanidagi kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni xolidan xabar oldi.
Muloqotda, ayniqsa keksalar olib borilayotgan islohotlardan mamnunligini taʼkidlab, jonajon diyorimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizdagi fayz va qut-barakani abadiy boʻlishligini tilab duolar qildilar.