O‘z nutqida Karabayev Qo‘mita faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor qaratdi. U O‘zbekistonning chuqur raqamli transformatsiya jarayonidan o‘tayotgani va raqamli platformalarni tartibga soluvchi yangi qoidalar joriy etilganini ta’kidladi.
Nutq davomida raqobat qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayoni haqida ma’lumot berildi. Hamda, Qo‘mita taklifiga binoan davlat tomonidan 13 ta eksklyuziv huquqning bekor qilingani qayd etildi.