Yangi ko‘ptarmoqli sanoat loyihasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Eksportni rag‘batlantirish agentligi), O‘zbekiston Ta’lim vazirligi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi, BMC-LLP (O‘zbekiston) va GRAND EKSPO (Rossiya) kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Joriy yil 25-27 may kunlari “Kids Central Asia” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilib, ushbu ko‘rgazma professional platformasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va yetkazib beruvchilarga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish, tajriba almashish hamda strategik qarorlar sohasida innovatsion yondashuvlarni namoyish etish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etish, shuningdek, ularning savdo tarmog‘ini kengaytirish va yangi mijozlarni topish imkonini berdi.
Ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari kompaniyalari hamda 17 mahsulot guruhida o‘z mahsulotlarini namoyish etadigan xalqaro kompaniyalar ishtirok etdi.
“Kids Central Asia” biznes dasturida quyidagi asosiy mavzular muhokama qilinadi.
- O‘zbekistondagi innovatsion potensial va biznes muhit. Davlatning onalar va bolalar uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati;
- O‘zbekistonda bojxona qonunlari va logistika. Iste’molchilar talabi. Savdo-sotiq yo‘nalishlari tuzilishi.Mahsulotlarni sertifikatsiyalash. Bozorga kirishdagi to’siqlar va eksluziv to‘siqlar.
- Savdo munosabatlari marketpleysini rivojlantirish;
- Animatsiya. Brendlar. Lisenziyalar. Biznes asoslari: ijtimoiy-madaniy jihatlari. Lisenziya talablari. Reytinglar. Moliyaviy jihatlar. Lisenzion shartnoma va huquqiy jihatlar
Mazkur ko‘rgazmada Qo’mita bosh mutaxassisi S.Maxmudov ishtirok etib, yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi, hamda Qo’mita tomonidan mazkur bozorlarda raqobat muhitining rivojlanishi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishi jihatidan amalga oshirilayotgan ishlar, JST talablarini bajarish, xorijdan import qilinayotgan mahsulotlar uchun bojxona bojlarini xalqora taroflarga sinxronlashtirish ham ushbu jarayonning ichki bozordagi narxlarga ta’sirini o’rganish jarayonlari haqida ma’lumot berdi.