O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida “Kartellarga qarshi kurashishda javobgarlikni yumshatish dasturlarini qo‘llash amaliyoti (Leniency Programme)” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Institusional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Tadbirda xalqaro ekspert Liya Grauberger «Leniency» dasturining asosiy elementlari hamda xalqaro amaliyotdan olingan keyslar asosida II taqdimotini qildi .
Uchrashuvda AQSh, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarda muvaffaqiyatli joriy etilgan «Leniency» dasturlari tajribalari tahlil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar kichik amaliy keys-stadi ustida guruhlarda ish olib borishdi va natijalarni taqdim qilishdi. Ochiq muloqot jarayonida dasturning O‘zbekiston sharoitiga mos yechimlari hamda mavjud muammolar muhokama qilindi .
Tadbir davomida Qo‘mita markaziy apparati va Tadqiqotlar markazi xodimlari faol ishtirok etishdi. Shuningdek, seminarda O‘zbekistonda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, kartellarga qarshi samarali va shaffof mexanizmlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.