Agar  siz  kartel til  biriktirish  holatidan xabardor  bo‘lsangiz,  iltimos  bu  haqida  Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining  quyidagi  elektron  pochta  manziliga  xabar  bering: anticartel@antimon.gov.uz

Eslatib o‘tamiz, kartel kelishuvlari fakti haqida birinchi bo‘lib xabar bergan, shuningdek bunday kelishuvdan o‘z ixtiyori bilan voz kechgan kartelning sobiq a’zosi qonunchilikka ko‘ra javobgarlikdan to‘liq ozod qilinadi (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 178-moddasiga qarang).

Qo‘mitaning quyidagi “Ishonch raqami”ga 71-207-49-00, yoki quyidagi anticartel@antimon.gov.uz elektron pochta manziliga yuborilgan har qanday xabar, rasmiy murojaat sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi (O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni).

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi 2023-yil 3-iyuldagi 850-son Qonunining 19-moddasiga asosan bunday  murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi.

    Kartel haqida xabar berish