O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 22-may kuni Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy boshqarmasi, Raqobat qo‘mitasi hamda hududdagi tashkilotlarning mas’ullari ishtirokidagi ushbu uchrashuv davomida viloyatdagi tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, hunarmandchilik buyumlari yarmarkasi ham o‘tkazildi.
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yuritishi va kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar va ularning savollariga javoblar berildi. Shuningdek, tadbir davomida viloyatdagi faol tadbirkor ayollar taqdirlandi.