Qoraqalpog’iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
11-sentabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5817-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi huzuridagi Iste’molchillar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1015-sonli Qarori talablariga, Qo’mita va Agentlikning buyruq va ko’rsatmalariga asosan olib bordi.
Boshqarmaga 2022-yilning 9 oyi davomida 656- ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, jami tushgan murojaatlardan 314-tasi uy-joy kommunal sohasi bo’yicha, 200-tasi savdo sohasiga, 121-tasi aloqa, ijtimoiy va moliyaviy sohaga tegishli hamda 21-tasi esa reklama va boshqa sohalarga tegishli murojaatlarni tashkil etadi.
Qo’mitaning maxsus komissiyasi tomonidan jami 32- ta ish qo’zg’atilgan bo’lib, qo’zg’atilgan ishlar bo’yicha 27-tasiga ko’rib chiqish natijalariga ko’ra bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berilgan.
Mazkur ishlarning 28 tasi iste’molchi qonunchiligi va 4-tasi reklama qonunchiligi talablari buzilishi natijasida qo’zg’atilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, Qo’mitaga fuqaro (iste’molchi)lardan O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuni buzilishi holatlari bo’yicha kelib tushgan ariza va murojaatlar Qo’mita xodimlari tomonidan o’rganib chiqilgan va qonun buzilishi xolatlari bartaraf etilgan. 591-ta fuqaro (iste’molchi)larning huquqi tiklangan bo’lib, 26-ta iste’molchiga ma’lum miqdorda puli qaytarib berildi. Iste’molchilardan ortiqcha olingan 196 836 000 mablag’lar maxsus komissiya qarorisiz ixtiyoriy ravishda iste’molchilarga qaytarib berilgan.
Tashqi reklama vositalari orqali, shu jumladan savdo do’konlarining tashqi va ichki qismida, internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarda reklamasi ta’qiqlangan mahsulotlarni reklama qilinishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan jami 3704-ta subyektlarida o’rganish ishlari olib borildi va natijada 47-ta holatda tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamalari joylashtirilganligi aniqlanib, reklama beruvchi va tarqatuvchilarga “Reklama to’g’risida”gi qonun talablarining buzilish holatlarini bartaraf etish to’g’risida ogohlantirish xatlari berildi va qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish masalalari bo’yicha jami 30 ta (Uy-joy kommunal, qurilish va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo’limi 5-ta, Savdo, umumiy ovqatlanish, turizm, ijtimoiy va moliyaviy xizmatlar, shuningdek aloqa xizmatlari sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo’limi 15 ta, Reklama faoliyatini tartibga solish bo’limi 10 ta) o’rganish va tahlil ishlari olib borildi. O’tkazilgan o’rganish va tahlillarda iste’molchilardan jami 3 mlrd. so’mdan ortiq miqdorida ortiqcha olingan mablag’ aniqlandi va Qo’mitaning maxsus komissiya tomonidan ushbu aniqlangan mablag’larni iste’molchilarga qaytarish bo’yicha qaror qabul qilinib, tegishli ko’rsatmalar berildi.