Joriy yil 22-iyul kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) mutasaddi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Raqobat qo‘mitasiga texnik ko‘mak taqdim etilishi yuzasidan Qo‘mita hamda TIKA o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Xususan, ushbu uchrashuvda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga quyidagi yo‘nalishlarda texnik ko‘mak taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi:
Turkiyada o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishi doirasida 2023-yil 26-dekabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Turkiya Raqobat organi o‘rtasida raqobat siyosati sohasida o‘zaro anglashuv hamda hamkorlik to‘g‘risida”gi Memorandum doirasida tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat qonunchiligi qo‘llanishini ta’minlash, jumladan, raqamli platformalarda ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash va bartaraf etish sohalarida Turkiya tajribasini o‘rganish va Qo‘mita faoliyatiga tatbiq etish.
Turkiya Savdo vazirligi tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va mahsulotlar sifatini nazorat qilish sohasida orttirilgan tajribasini o‘rganish va Qo‘mita faoliyatiga tatbiq etish.