Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi
Raqobat qo‘mitasi vakili U. Xakimov, Jizzax viloyat hokimligi va Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi bilan birgalikda reklama axborotlarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi. Tadbir davomida reklama obyektlarining qonun talablariga muvofiqligi, reklama joylarining pasporti va axborotning davlat tilida bayon etilganligi tahlil qilindi.
“Sangzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Sharof Rashidov shoh ko‘chasidagi 60 ta tashqi reklama vositasi ko‘zdan kechirilib, shulardan 15 tasi “Reklama to‘g‘risida” hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunlarga mos emasligi aniqlandi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berilib, ular ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.
Shuningdek, 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli Farmon ijrosini ta’minlash doirasida Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish infratuzilmasi, elektron tizimlar holati Ishchi guruhlarning aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va yagona bazani shakllantirish jarayonlariga tayyorgarlik holatlari bilan yaqindan tanishildi.








