2025-yil 7–11-iyul kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyasi (UNCTAD) tashabbusi bilan BMTning cheklovchi biznes amaliyotlarini nazorat qilish bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishilgan teng huquqli tamoyillar va qoidalar to‘plamining barcha jihatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan 9-Yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu xalqaro konferensiyada Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev boshchiligidagi qo‘mita vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiyada 190 dan ortiq mamlakatlarning raqobat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirga UNCTADning Raqobat va iste’molchilik siyosati departamenti direktori Tereza Moreyra rahbarlik qilmoqda.
Konferensiyada quyidagi asosiy mavzular kun tartibiga qo‘yilgan:
🔘 raqobatning iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi ahamiyati,
🔘 raqobat organlarining texnologiyaviy o‘zgarishlarga moslashuvi,
🔘 global chaqiriqlar sharoitida xalqaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari.
Dastlabki kungi uchrashuvlarda Qo‘mita delegatsiyasi bir nechta tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, Elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi va hisobot sessiyasida, BMT tomonidan ishlab chiqilgan raqobatga qarshi amaliyotlarni nazorat qilish tamoyillarini implementatsiya qilish bo‘yicha sessiyalarida.
O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur xalqaro konferensiyadagi ishtiroki mamlakatimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, raqamli bozorlar va platformalarni tartibga solish sohasidagi islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.