Joriy yilning 28-fevral kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i J.Ismoilov va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan OAV vakillari va blogerlarning takliflari hamda O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillarining O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan tadbirkorlar hamkorlik qilishi bo’yicha tavsiyalari tinglandi.
«PANDA HAPPY» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari G.Xadjimetova Yangiyo’l shahri suv ta’minotidan kelib tushgan 74 mln so’mlik asossiz qarzdorlik bo‘yicha murojaati qisqa vaqtda ijobiy yechim topganligi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan jami murojaatlar 1 870 tani tashkil etadi.
Shulardan 165 ta yozma, 816 ta og‘zaki va 29 ta elektron shakllarda kelib tushgan. Virtual qabulxona orqali 860 ta murojaat qabul qilingan.
Murojaatlar sohalar kesimida:
Uy-joy kommunal va transport 626 ta
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 704 ta
Moliyaviy-ijtimoiy va aloqa xizmatlari 362 ta
Reklama faoliyatini tartibga solish 8 ta
Murojaatlarni o‘rganish davomida iste’molchilar hisobiga 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag’ qayta hisob-kitob qilingan.