#Biz_sizni_eshitamiz
Raqobat qo‘mitasi “Biz sizni eshitamiz” muhokama platformasi doirasida turli soha vakillari bilan ochiq uchrashuvlarni o‘tkazib kelmoqda. Ushbu muloqotlar sohalardagi real vaziyatni aniqlash, tadbirkorlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri eshitish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishda samarali natija bermoqda.
Jumladan, joriy yilning noyabr oyida farmatsevtika sohasi hamda avtomobil benzini bozori vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida tegishli takliflar Hukumatga kiritildi.
Yuqorida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar har jihatdan manfaatli bo‘lib, jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan ijobiy qabul qilindi. Navbatdagi uchrashuvlar qaysi soha vakillari bilan o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Sizning fikringiz biz uchun muhim.
So‘rovnomada ishtirok etish (https://forms.gle/QKXXNruiQXsV345x7)








