Tadbirni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov kirish so’zi bilan ochib berdi.
A.Qayumov kirish so‘zida bozordagi raqobatning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlab, sog‘lom raqobat iste’molchilar uchun bozordagi tovar va xizmatlar xilma-hilligini oshirishga yordam berishini va korxonalarni xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlariga rioya qilishga undashini ta’kidladi. Shuningdek, nutqda bozordagi shaffoflik va adolatni ta’minlash, iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratish muhimligi haqida so‘z yuritildi.