Iste’molchi S.Q. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining
«Call Center» orqali bir avto salon bilan shartnoma qilgani va shartnoma shartlari qo‘pol ravishda buzilayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganildi.
Iste’molchi avto salon bilan «Damas» avtomashinasiga shartnoma qilgan. Avtomashina yetkazib berilishiga bir kun qolganda avto salon xodimlari tomonidan shartnomani o‘zgartirish va “Lacetti” mashinasiga o‘zgartirish taklifi aytilgan. Aytilgan kun kelsada mashina yetkazib berilmayotgani aniqlandi.
Hududiy boshqarma tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchiga “Lacetti” avtomashinasi yetkazib berishga erishildi.