Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Ellikqala tumanida yashovchi fuqaro yo‘llagan murojaati kelib tushdi. Murojaatda “Sultonmurat Qurilish Obod” MChJning yangi qurgan uylarining biridan uy-joy olish maqsadida oldindan 32 000 000 so‘m to‘laganligini, lekin shu kunga qadar uy-joy berilmaganligi yuzasidan shikoyat bildirilgan.
Qo‘mita mutaxassislari tomonidan mazkur qurilish korxonasiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-21-moddalariga muvofiq huquqiy tushintirishlar berilldi.
Jumladan, 19-moddada Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.
Agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Shuningdek, 21-moddada esa shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonunchilikka zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo‘llanishi natijasida iste’molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Natijada muammo ijobiy hal etildi va iste’molchining huquqi tiklandi. MChJ fuqaroga oldindan to‘lagan 32 000 000 so‘m mablag‘ni qaytarib berilishishiga erishildi.