Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan iste’molchilar Kamolat Otojonova va Quvondiq Jumaniyozovlarning murojaatlari o‘rganib chiqildi.
Mazkur murojaatida fuqaro Kamolat Otojonova muddatli kredit asosida “RASUL BEK DUSHAMOVICH 2020” xususiy korxonasidan uch g‘ildirakli motoroller xarid qilgan, ushbu motoroller kafolat muddatida nosoz holatga kelib qolganligi sababli, ushbu holatdan norozi bo‘lib foydalanishga yaroqsiz holga tushib qolgan motoroller yangisiga almashitirishni yoki muddatli kreditni bekor qilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining “Ishonch telefoni” orqali amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan. Fuqaro Quvondiq Jumaniyozov esa 2022-yil 16-noyabr kuni “AVTO-LAYNER XORAZM” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, “JENTRA” rusumli avtomobil sotib olish uchun 100 % ya’ni 131 134 000 so‘m to‘lovlarini amalga oshirilganligi, biroq 2023-yil 1-yanvardan QQS kamaytirilganligi hisobiga qayatarlishi kerak bo‘lgan pul mablag‘larini qaytarib berilishi bo‘yicha avtosalonga bir necha bor murojaat qilganligini bo‘yicha so‘ralgan ma’lumotlar (o‘tkaziladigan plastik to‘g‘risida ma’lumotlar)ni taqdim qilganligi, ammo avtosalon tomonidan hozirgi kungacha pul mablag‘larni qaytarib berilmayotganligidan norozilik bildirib O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ishonch telefoni orqali amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan.
Hududiy boshqarma ma’sul vakillarining puxta o‘rganishlari davomida, “RASUL BEK DUSHAMOVICH 2020” xususiy korxonasidan iste’molchi K.O uch g‘ildirakli motoroller mahsuloti sotib olganligi, kafolat muddatida foydalanish jarayonida mazkur mahsulotda nosozliklar paydo bo‘lganligi sababli murojaat qilganligi, biroq korxona tomonidan mahsulot o‘z vaqtida ta’mirlab berilmayotganligi va “AVTO-LAYNER XORAZM” MCHJ va iste’molchi Q.J o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, avtomobil sotib olish uchun to‘liq to‘lovlarni amalga oshirgan, biroq 2023-yil 1-yanvardan QQS kamaytirilganligi hisobiga qayatarlishi kerak bo‘lgan pul mablag‘larini avtosalon tomonidan hozirgi kungacha qaytarib berilmayotganligi aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan “RASUL BEK DUSHAMOVICH 2020” XK va “AVTO-LAYNER XORAZM” MCHJlar “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga zid ravishda ish tutgan deb topilib, korxona ma’muriyatiga mavjud tartib-qoidalar va uning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar haqida tushuntirishlar berilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida “RASUL BEK DUSHAMOVICH 2020” XK orqali servis ustalari tomonidan uch g‘ildirakli motorollerga 2 800 000 so‘mlik 2 ta yangi akummulyatorlar qo‘yilishi natijasida ta’mirlab berildi hamda “AVTO-LAYNER XORAZM” MCHJ tomonidan 2023-yil 1-yanvardan QQS kamaytirilganligi hisobiga qaytarilishi lozim bo‘lgan jami 2 106 000 so‘m pul mablag‘lari fuqaroga qaytarib berilishi ta’minlandi.
Raqobatni qo‘mitasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash mexanizmini tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqda. Hurmatli iste’molchilar, xarid qilgan tovarlaringiz nuqsonli yoki sifatsizligidan norozi bo‘lsangiz Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni 19-moddasiga muvofiq ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.