Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Qo’mitaning Farg’ona, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmalari tomonidan aholining huquqiy bilimi va iste’mol savodxonligini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlarda keng jamoatchilik o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishmoqda.
Bu kabi targ’ibot tadbirlari davom etmoqda!