2025-yilning 1-yarim yilligi davomida tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ortiqcha hisoblangan jami 20 mlrd so‘mga yaqin
elektr energiyasi sohasida – 5.5 mlrd so‘mga yaqin,
tabiiy gaz sohasida – 7.5 mlrd so‘mga yaqin,
ichimlik suv ta’minoti sohasida – 2.5 mlrd so‘mga yaqin,
issiqlik ta’minoti sohasida – 4.5 mlrd so‘mdan ortiq,
mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarilishiga erishildi.
Jumladan:
Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi «Ishsizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi» murojaati asosida “Samarqand suv ta’minoti” AJ tomonidan (ichimlik suvidan) asossiz hisoblangan 263 mln so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha:
⏺ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Beruniy tumani bo‘linmasi tomonidan “Xoji Karimov” fermer xo‘jaligiga nisbatan asossiz hisoblangan 86 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni;
⏺ “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ tomonidan 48 mingdan ortiq iste’molchiga asossiz hisoblangan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni (Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluvchi qarori asosida) qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan «Issiqlik manbai” DUK murojaati asosida «Xududgaz Navoiy» gaz ta’minoti filiali tomonidan asossiz hisoblangan (1.6 mln m3 dan ortiq tabiiy gaz uchun) 2.5 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni (Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluvchi qarori asosida) qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
Raqobat qo‘mitasi bu boradagi o‘rganish ishlarini Respublikamiz hududlari kesimida tizimli ravishda davom ettirmoqda.