Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Q.Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi a’zosi E.Aslonova, Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori, yu.f.d. J.Boboyev so‘zga chiqib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassis va ekspertlari — Mr. Burak Tufan (Turkiya), Mr. Joon Gil Lee (Koreya), Mrs. Akari Yamamoto (Yaponiya) konferensiyada ishtirok etib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro tajriba va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan chiqish qildi.
Ta’kidlash joizki, Raqobat qo‘mitasi va German Sparkassenstiftung for International Cooperation o‘rtasida ko‘p yillik samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur hamkorlik doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda sohada ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishga qaratilgan qator muhim loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.








