“Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
🔴 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari tadbir doirasida (https://t.me/RaqobatGovUz/11588) tantanali ravishda taqdirlandi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi – tadbirkorlik subyektlari tomonidan iste’molchilar huquqlariga rioya etish, xizmat va mahsulotlar sifatini ta’minlash hamda iste’molchilarga nisbatan mas’uliyatli munosabatni rag‘batlantirishdan iborat.
🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlandi:
🔘Umumiy ovqatlanish:
1. «BELLISSIMO PIZZA INTERNATIONAL» MChJ
2. «OQTEPA-FOOD-SERVICE» MChJ
3. «PRADA IMIDJSTROY» MChJ
🔘Chakana savdo:
1. «TEXNOMART» MChJ
2. «ISHONCH KREDIT SAVDO» MChJ
3. «TILLO DOMOR» MChJ XK
🔘Onlayn savdo:
1. «OPEN SHOP» MChJ
2. «IDEA CONCEPT GROUP» MChJ
3. «TEXNOMART» MChJ XK
🔘Moliyaviy xizmatlar:
1. «CLICK» AJ
2. «MIKROKREDITBANK» AJ
3. «HAMKORBANK» AJ
🔘Xizmatlar sohasi:
1. «ROOTEN» MChJ (LG)
2. «ROODELL SERVICE» MChJ
3. «RISOLA TRAVEL LUX» MChJ
🔘Qurilish sohasi:
1. «XONSAROY GROUP» MChJ
🏅 Tanlov g‘oliblari Raqobat qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisiga sazovor bo‘ldilar.
✅Mazkur sifat belgisi korxonalar tomonidan iste’molchilar huquqlari ustuvorligini hurmat qilish, xizmatlar sifatini ta’minlash va ishonchli hamkorlik tamoyillariga sodiq ekanligini ifodalaydi.








