Raqobat qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida hududlarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
🟠Farg‘ona viloyatida
Raqobat qo‘mitasi va German Sparkassenstiftung tashkiloti hamkorligida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazildi.
Tadbirlarda Qo‘mita vakili N. Jumaniyozov va German Sparkassenstiftung xalqaro eksperti Liya Grauberger talabalarga iste’molchilar huquqlari, moliyaviy savodxonlik hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi iqtisodiy tamoyillar haqida ma’lumotlar berishdi.
🟠Namangan viloyatida
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Namangan Ishoqxon Ibrat nomidagi chet tillari institutida va Namangan texnika davlat universitetida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Qo‘mita vakili I.Xabibullayev va boshqarma xodimlari German Sparkassenstiftung for International Cooperation (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanish tartib-qoidalari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va unda belgilangan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar va kafolatlari haqida tushunchalar ham berib o‘tildi.
🟠Navoiy viloyatida
Raqobat qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida Navoiy davlat universiteti va Navoiy innovasiyalar universitetlarida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qo‘mita vakili M.Mahmudova moliyaviy savodxonlik: bank xizmatlari, shartnomaviy munosabatlar va majburiyatlar tartib-qoidalar haqida, shuningdek Qo‘mita va German Sparkassenstiftung hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikrlar yuritildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligi munosabati bilan 65-moddadagi iqtisodiy tamoyillar va iste’molchilar huquqlari ustuvorligi haqida ham ma’lumot berildi.
🟠Sirdaryo viloyatida
Raqobat qo‘mitasi tashabbusi bilan Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari uchun “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar Germaniyaning German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy bilimi va moliyaviy savodxonligini oshirishga doir muhim tushunchalar berildi.
🟠Xorazm viloyatida
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Urganch shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan seminarda “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Unda Qo‘mita vakili A.Raupov o‘quvchilarga banklar, bank kartalari, to‘lov xizmatlari, kredit va omonatlar haqida tushuntirishlar berdi.
Tadbirda German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat bo‘yicha rahbar L.Grauberger ishtirok qilib, shaxsiy moliyani boshqarish va firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarini berib o‘tdi.
Urganch innovasion universitetida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning mazmun-mohiyati haqida ya’ni inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari haqida ma’lumotlar berildi.
O‘tkazilgan o‘quv seminarlari talaba-yoshlar uchun nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarni oshirish, ularda moliyaviy madaniyat va mas’uliyatli iste’molchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha mutaxassislardan tegishli javoblar olishdi. Faol qatnashgan o‘quvchi va talaba-yoshlar Qo‘mita tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.








