Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir fuqaroning muammosi hal etildi.
Fuqaro A.Soliyev, “Qurilish Montaj Kompressor” MChJ bilan Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joyning 32 m2 maydonga ega bo‘lgan xonadonni 24 oy ichida qurilib topshirilishi yuzasidan 2019-yilda rasmiylashtirilgan shartnomaga asosan dastlabki investitsion badal to‘lovi sifatida to‘langan 66 560 000 so‘m to‘lovni qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaatga asosan, hududiy boshqarma tomonidan o’rganish ishlari amalga oshirilib, quruvchi tomonidan 47 700 000 so’m pul mablag’lari murojaatchiga qaytarildi hamda qolgan 18 860 000 so’m pul mablag‘i qisqa vaqt ichida qaytarilishini quruvchi o’z zimmasiga olinishi ta’minlandi.