Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.R. tomonidan avtolizing kompaniyalarining biridan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.
Fuqaro T.R. va avtolizing kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada 30 % boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng avtomashinani yetkazib berish belgilab o‘tilgan. Ammo murojaatchi 45 mln. so‘m ya’ni 30 % boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsada avtomashina o‘z muddatida yetkazib berilmagan. Mazkur masala bo‘yicha kompaniyaga murojaat qilinganda shartnoma bekor bo‘lganligi, to‘lovni qaytarib berishlari to‘g‘risida va’da berishadi, ammo oradan qancha vaqt o‘tsa ham qaytarib berilmagan.
O‘rganish ishlari natijasida avtolizing kompaniyasidan iste’molchiga 45 mln. so‘m mablag‘ to‘liqligicha undirib berildi.